Diqqat tanlov!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 25.02.2022 yildagi №66-sonli buyrug‘i asosida 01.03.2024 yil kuni soat 14.00da Gurlan tumani Tibbiyot birlashmasining 12-sonli Oilaviy poliklinikasiga tibbiy brigada patronaj hamshirasi hamda tibbiy brigada umumiy amaliyot hamshirasi vaqtincha ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkaziladi.
O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirining 25.02.2022 yildagi №66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Markaziy apparati hamda uning quyi tizimidagi korxona tashkilotlarda mavjud vakant lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq mustaqil tanlov o‘tkazishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tartib joriy qilinganligi, unga ko‘ra davolash profilaktika muassasalari tomonidan o‘rta tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallagan bo‘sh ish o‘rinlarini va tanlov o‘tkazish muddatlari xaqida O‘zbekiston Respublikasi SSV ning internet tarmog‘idagi rasmiy saytida (ssv.uz) bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qilinishi, tanlovda ishtirok qilishni istagan nomzodlar vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan lavozimlarga bo‘sh ish o‘rinlari uchun o‘zlarining ma’lumotnomalarini (ariza) onlayn tarzda joylashtirilishi bo‘yicha ssv.uz saytiga qo‘yilgan vakansiyaga ariza berishi, keyin tanlovda qatnashishi mumkin.