Tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Gurlan tuman tibbiyot birlashmasida 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Gurlan tuman tibbiyot birlashmasida 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Gurlan tumanida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Tuman aholisiga 10 ta tibbiyot muassasalari, shundan, 1 ta tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi, 1 ta tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 6 ta oilaviy poliklinika hamda 3 ta oilaviy shifokorlik punktlari 157 ming 218 nafar tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmokda.

Tumandagi 6 ta oilaviy poliklinikalarining quvvati 200 qatnovga, 2 ta oilaviy poliklinika quvvaati 100 qatnovga, 1 ta oilaviy shifokorlik punktining quvvati 50 qatnovga mo‘ljallangan, 1 ta kup tarmoqli markaziy poliklinikasining quvvati 435 katnovga va 1 ta tuman tibbiyot birlashma (markaziy shifoxona)ning quvvati 331 shifo o‘ringa mo‘ljallangan.

Tumanda jami 247 nafar shifokor va 856 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatadi. 247 nafar shifokor xodimlarning 115 nafari oliy, 27 nafari birinchi va 26 nafari ikkinchi malaka toifasiga ega. 856 nafar o‘rta tibbiyot xodimlarining 321 nafari oliy, 134 nafari birinchi va 72 nafari ikkinchi malaka toifasiga ega o‘rta tibbiyot xodimlari.

 Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish maqsadida 2024 yilning o‘tgan davrida  jami 24 nafar shifokorlar va 70 nafari o‘rta tibbiyot xodimlari malakalari oshirildi.

Tumanda 6 ta oilaviy poliklinikalari (OP), 3 ta oilaviy shifokorlik punkti (OShP) va 1 ta ko‘p tarmoqli tuman markaziy poliklinikasi (KTTMP) faoliyat ko‘rsatmokda.

Oilaviy poliklinikalarida va OShPda ishlovchi tibbiyot xodimlarining 08:00dan 20:00gacha grafik asosida faoliyat ko‘rsatishlari tashkil qilingan. 2 ta OP va 2 OShP qoshida TTYo shaxobchalari tashkil qilingan.

Prezident qarori asosida kishlok oilaviy poliklinikalari qo‘shimcha ravishda akusher-ginekolog, xirurg, stomatolog shifokorlari bilan ta’minlandi, natijada avvallari faqat tuman markazida bajariladigan tibbiy yordam endilikda joylarda ko‘rsatiladigan bo‘ldi va tuman aholisi bundan minnatdor.

Tibbiyot birlashmasi va oilaviy poliklinikalarida "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha" shtablar tashkil qilinib, 76 ta tibbiy brigadalar tuzildi, 274 nafar tibbiy xodim jalb qilindi.

Brigadalar 50 ta tarozi, pulsoksimetr 85 ta, santimetrlenta 130 ta, termometr 70 ta, tonometr-fonendoskop 88 ta bilan ta’minlandi va xatlov ishlari boshlab yuborildi. Gurlan tumanida 50 ta mahalla bo‘lib, 2024 yil o‘tgan 6 oyida mahallalarda tibbiy xatlov va antropometriya ishlari olib borildi.

Xatlov natijasida aniqlangan 29934 nafar 3 va 4 xavf guruxidagi fuqarolarni oilaviy shifokorlar, tuman tor mutaxassislari va viloyat mutaxassislari tomonidan birgalikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Gurlan tumanida 2024 yilning o‘tgan davrida "Aholining 3-4 xavf guruhlariga mansub  qatlami o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik" o‘tkazildi. 59956 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan kasallik aniqlanganlar 26981 nafarni tashkil qilib, 26174 nafari ambulator sharoitda, 807 nafari  statsionar sharoitda davolandi. Shundan 741 nafari tuman markaziy shifoxonasida, 65 nafari viloyat tibbiyot muassasalarida, respublikada 1 nafari sog‘lomlashtirildi. Shulardan operativ davo olganlar soni - 37 nafar tuman markaziy shifoxonasida, Gurlan tuman markaziy shifoxonasida 25 nafar 12 nafari viloyat tibbiyot muassasalarida operativ davo choralari ko‘rildi.

Yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj, imtiyozga ega bo‘lmagan aholining  10 nafariga viloyat markaziy shifoxonalarida operativ usulda davo choralari ko‘rildi.   

Tumanda bo‘lib o‘tgan   “Salomatlik sayllari” tadbirlari 3452 nafar aholi ishtirok qilib, shundan 2875 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra 1076 nafar bemorda turli xil kasalliklar aniqlanib, ularning 1038 nafari ambulator, 31 nafari statsionar, 7 nafari operativ davo choralari uchun yo‘llanmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27-iyuldagi 210-sonli buyrug‘iga asosan Aholi orasida profilaktik ko‘riklari, skrening dasturlari va paronajni amalga oshirishni yanada takomillashtirish chora tadbirldari to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda oilaviy shifokorlar tomonidan 18-40 yoshli aholining profilaktik tibbiy ko‘riklardan 23599 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan salomatlik darajasi bo‘yicha,  1-guruh 13428, 2-guruh 5263, 3-gurux 4602, 4-guruh 306 nafar bemorlar aniqlandi va sog‘lomlashtirish rejalari tuzildi. 

22-07-2024, 18:05
Sahifaga qaytish