Profilaktik tibbiy ko‘rik-salomatlikni muhofaza qilish asosidir
Profilaktik tibbiy ko‘rik-salomatlikni muhofaza qilish asosidir.
Davlat xizmatchilari salomatligini nazorat qilish ularning samarali faoliyati uchun zamin yaratadi.
Gurlan tuman Hokimligi xodimlari tuman tibbiyot birlashmasi tor soha mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatligi to‘g‘risida tibbiy xulosa berildi. Tibbiy ko‘rik qatnashchilariga salomatligiga havf soluvchi omillar to‘g‘risida tushuntirilib, kasallik aniqlangan xodimlarga zarur maslahatlar va tibbiy tavsiyalar berildi.