Barcha yangiliklar RSS

Matbuot xizmati

Тibbiy ko‘rik sog‘lom turmush tarzi kafolatidir

Insonlar salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olishda tibbiy ko‘rikning ahamiyati katta.  O‘z vaqtida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik sog‘lom turmush tarzi kafolatidir.
 Ayn shu maqsadni Gurlan tuman  “Do‘simbiy” MFY hududida joylashgan 14-son oilaviy poliklinikasida tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, ko‘rik davomida 320 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida 85 nafar fuqarolardan turli  xil kasalliklar aniqlangan. 235 nafar fuqarolarda kasalliklar aniqlanmadi. Tibbiy ko‘rik natijasida kasallik aniqlangan 71 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 80 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi hamda 14 nafar bemorlarga statsionar sharoitda davolanish uchun viloyat hamda tuman miqqiyosida imtiyozli davolanishi uchun elektron order tizimiga kiritildi va  yo‘llanma berildi.Tibbiy ko‘rikda viloyat markazidan kelgan kardiolog, travmatolog, xirurg, pediatr, oftalmolog, LOR, dermatolog, infeksionist va boshqa mutaxassislari ishtirokida UTT, laboratoriya, rentgen tekshiruvlari o‘tkazildi. 
7 nafar  fuqaro donorlik qoni topshirdi,  UTT 75 nafar, EKG 112 nafar fuqaro o‘tkazildi.
4-03-2024, 16:31
Ko'rishlar: 135
Sahifani chop etish