Raqamli tibbiyot – inson salomatligi xizmatida

Bugungi kunda tibbiyot sohasi jadal raqamlashtirilib, aholiga qulay, shaffof va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimi hayotimizga chuqur kirib bormoqda. 13-son oilaviy poliklinikasida ham zamonaviy raqamli texnologiyalar amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilib, fuqarolarning vaqtini tejash hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.


Poliklinikada o‘rnatilgan raqamli infokiosklar (elektron navbat tizimlari) orqali bemorlar ortiqcha kutishlarsiz, o‘zlari kerakli mutaxassisga yoki muolajaga (masalan, laboratoriya tahlillariga,muolaja oila shifokor) navbatga yozilmoqdalar. Mutaxassislar esa yagona elektron DMED raqamli platformalar yordamida fuqarolarga yaqindan ko‘maklashib, jarayonlarni tezkor va tartibli tashkil etishmoqda.

Xususan, muassasada amaliyotchi hamshiralar qabulga kelgan har bitta bemor bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning qon bosimi, bo‘yi, vazni, saturatsiyasi va tana temperaturasini o‘lchagan holda barcha ko‘rsatkichlarni DMED elektron tizimiga kiritib boradilar. Bu esa har bir fuqaroning salomatlik tarixi yagona bazada raqamli shaklda saqlanishini va shifokorlar uchun tashxis qo‘yish jarayoni yanada aniq bo‘lishini ta’minlaydi. 
Shuningdek, muassasada zamonaviy tibbiy jihozlar (jumladan, funksional diagnostika uskunalari) yordamida bemorlarning sog‘lig‘ini tekshirish ishlari yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Raqamlashtirish – bu shunchaki qulaylik emas, har bir insonga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishning kafolatidir.

